Taqdimotda qayd qilinişiça, 5 mart kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi yiğilişida bu illatga barham beriş vazifasi qöyilgan edi. Şu maqsadda, prezidentning 21 apreldagi farmoni bilan, Boş prokuraturada korrupsiya omillarini tahlil qiliş bölimi taşkil qilindi.
Prokuratura tizimidagi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi va ilmiy-tadqiqot markazida 200 dan ortiq mutaxassis ilm va tahlil bilan şuğullanayapti. Umuman, huquq-tartibot idoralarida 100 mingdan ziyod xodim korrupsiyaning oldini oliş böyiça işlayapti.
Ta’kidlanişiça, köp hollarda bu illatning sabablari çetda qolib, oqibati bilan kuraşilayapti. Korrupsiyaga yöl qöymaydigan preventiv çoralar hali yetarli emas. Har kuni odamlarning işi tuşadigan hokimlik, kadastr, bank va soliq idoralarida byurokratiya, «korrupsiyaviy tuynuklar» töliq yöqolgani yöq.

Taqdimotda şu boradagi qöşimça çora-tadbirlar muhokama qilindi. Özbekistonda 43 ta nazorat idorasi bor. Hamma vazirliklarda komplayens nazorat bölimlari taşkil etilgan. Avvalo, ularning samaradorligini oşiriş vazifasi qöyildi. Vazirlik va idoralar huzuridagi inspeksiyalarning bu boradagi faoliyatiga ham tanqidiy munosabat bildirildi.
Prezident korrupsiyaning faqat kamaygani emas, qançasining oldi olinganiga qarab davlat idoralari faoliyatini baholaş kerakligini ta’kidladi.
Ta’kidlanişiça, yer ajratiş böyiça şaffof tizim joriy qilingan bölsa-da, joylarda bu borada noqonuniy xatti-harakatlar haligaça uçrab turibdi. Şu bois kadastr, «Özbekkosmos», quriliş va boşqa tegişli taşkilotlar ma’lumotlarini tahlil qilib, bunday holatlarga butunlay çek qöyiş şartligi körsatib ötildi.

Prokuratura tizimini töliq raqamlaştiriş va barça sohalar ustidan «raqamli nazorat» örnatiş zarurligi ta’kidlandi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi yiğilişida parlamentning mas’ul qömitalariga mahallagaça tuşib, korrupsion holatlarning kelib çiqiş sabablarini örganiş, davlat xaridlarida töğridan-töğri şartnomalarni kamaytiriş, yoşlar örtasida korrupsiyaga murosasizlik muhitini şakllantiriş kabi dolzarb masalalarda tavsiyalar berilgan edi. Taqdimotda bunga mas’ullar bajarilgan işlar töğrisida axborot berdi.

















