Rossiya qöşini Zaporijjya oblastidagi axloq tuzatiş koloniyasiga hujum uyuştirdi, deb xabar bermoqda hududning Kiyev tomonidan tayinlangan gubernatori Ivan Fedorov.

Uning sözlariga köra, 29 iyulga ötar keçasi Rossiya armiya Zaporijjya rayonini fugasli aviabombalar bilan öqqa tutgan, jumladan, axloq tuzatiş koloniyasi hududi nişonga olingan. Jazoni ijro etiş muassasasi vayron bölgan, atrofdagi xususiy uylar ham şikastlangan.

Ukraina davlat jinoyat-ijroiya xizmati ma’lumotlariga köra, Belenkov koloniyasiga törtta aviatsiya bombasi taşlanişi oqibatida mahkumlardan 17 nafari halok bölgan, yana 42 nafari yaralangan.

«Keça kun oxirida, yarim tunda Rossiya aviatsiyasi Zaporijjya oblastidagi axloq tuzatiş koloniyasi hududiga bombalar bilan zarba berdi. Bu ongli zarba edi, tasodifiy emas, maqsadli… Va bu Qöşma Ştatlarning Rossiya bu uruşni tugatişi va diplomatiyaga ötişi kerakligi haqidagi dunyo tomonidan qöllab-quvvatlangan mutlaqo aniq pozitsiyasi e’lon qilinganidan keyin amalga oşirildi», – dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.

Uning qöşimça qilişiça, ötgan bir kun içida Ukrainada Rossiya aviazarbalari oqibatida jami 22 kişi halok bölgan, yana 85 kişi yaralangan.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak koloniyaga berilgan zarbani «rossiyaliklarning navbatdagi harbiy jinoyati» deb atadi. «Alohida personajlar tilidan AQŞga tahdid qilayotgan Putin rejimi iqtisodiy va harbiy zarbalarni boşdan keçirişi kerak, bu esa uni jang qiliş imkoniyatidan mahrum qiladi», – deb yozdi Yermak.