Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya iqtisodiyoti uruş davrida allaqaçon sanksiyalarga moslaşganini aytib ötdi. U AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiyadan 10 kun içida jangovar harakatlarni töxtatişni talab qilgan ultimatumiga şunday izoh berdi.
«Biz ançadan buyon köplab sanksiyalar ostida yaşayapmiz va iqtisodiyotimiz juda köp çeklovlar ostida işlab kelmoqda, şuning uçun, albatta, bizda bu borada ma’lum bir immunitet allaqaçon şakllangan», – dedi Peskov.
Moskvaning ultimatumga reaksiyasi qanday bölişi haqidagi töğridan töğri berilgan savolga javoban Peskov Kreml «bu bayonotlarning barçasini ma’lumot uçun qabul qilişi»ni aytiş bilan kifoyalandi. «Biz bu borada prezident Trampdan, boşqa xalqaro vakillardan kelayotgan barça bayonotlarni qayd etib qöyişda davom etyapmiz», – deya qöşimça qildi u.
Trampning ultimatumi muddati qisqarganiga hozirda Şveytsariyada bölib turgan Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Federatsiya kengaşi spikeri Valentina Matviyenko ham izoh berdi. Bu keng kölamli uruş boşlanganidan beri birinçi marta yuqori darajadagi Rossiya delegatsiyasi Yevropada bölişidir.
Matviyenko Rossiya Federatsiyasi emas, balki Ukraina «tinçlikka erişiş böyiça jiddiy niyatlardan voz keçayotgani»ni aytdi va «Ukraina tomoniga ultimatumlar yuboriş»ni taklif qildi, uning fikriça, aynan ular tinçlik muzokaralarini buzmoqda.
Öz navbatida, Rossiya Taşqi işlar vazirligi «tahdidlar munosabatlarni normallaştiriş jarayoniga ijobiy ta’sir körsata olmasligi»ni qayd etdi.
Tramp 29 iyul kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ultimatum muddatini «bugundan boşlab 10 kunga» qisqartirişini rasman e’lon qildi. Agar bu muddat içida harbiy harakatlar töxtatilmasa, AQŞ prezidenti Rossiyadan neft va gaz sotib oluvçi davlatlar uçun 100 foizlik bojlar va «boşqa çoralar» joriy etişga va’da berdi.
Şu bilan birga, Trampning özi yangi sanksiyalar ta’sir qiliş-qilmasligini bilmasligini tan oldi. «Bu Rossiyaga ta’sir qiladimi yoki yöqmi, bilmayman, çunki u [Putin] uruşni davom ettirişni xohlayotgani aniq», - dedi AQŞ prezidenti.
AQŞ Davlat departamenti Trampning yangi ultimatumi ortidan qat’iy sanksiyalar haqidagi gaplarga «jiddiy» munosabatda böliş kerakligini ta’kidladi. Vazirlik matbuot kotibi Temmi Bryus Tramp «jiddiy odamligi»ni ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, şu paytgaça Tramp «sabr qilgan» va bu sabrni «ba’zilar notöğri tuşungan».












