Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta yetishtiruvchi dehqon va fermerlarga subsidiya ajratiladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini muqobil manbalar hisobidan moliyalashtirish va samarali faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi.
Hujjat bilan quyidagi qoplash tartiblari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi:
- qishloq xo‘jaligi sub’yektlariga o‘z mablag‘lari va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosini birjada sotishda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura xarajatlarining bir qismini;
- paxta xomashyosi yetishtirish uchun imtiyozli kreditlarni hosil yili yakunigacha qaytargan qishloq xo‘jaligi sub’yektlariga ushbu kreditlar bo‘yicha to‘langan foiz to‘lovlarining bir qismini subsidiya sifatida;
- paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda ip ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga paxta xomashyosi yetishtirish va xarid qilish uchun tijorat kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini;
- paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda ip ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalariga o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismini;
- shuningdek paxta xomashyosi yetishtirish va yig‘im-terimini moliyalashtirish uchun kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi vaqtincha nizom.
Sug‘orish uchun foydalaniladigan nasos agregatlarini muqobil energiya manbalari bilan ta’minlash maqsadida quyosh panellari o‘rnatish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan yoki kelgusida ajratiladigan tijorat kreditlarining bir qismi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya sifatida qoplanadi.
Nasos agregatlari iste’mol qilgan elektr energiyasining kamida 60 foizi muqobil energiya manbalaridan qoplanganda, elektr energiyasi xarajatlarining bir qismini qoplash uchun belgilangan tartibda ajratiladigan subsidiyalar berish to‘xtatiladi.
Mavzuga oid
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
09:00 / 28.06.2026
Korrupsiyaga qarshi yangi qonun va tanqidlar ostidagi hokimlar - hafta dayjesti
11:30 / 25.06.2026