Rossiya 31 iyulga ötar keçasi Ukrainaga raketa va dronlar bilan navbatdagi marta yirik zarba yölladi. Asosiy nişon Kiyev şahri böldi.

Ukrainalik qutqaruvçilar tunda va 1 avgust tongida Kiyevda RF qurolli kuçlari zarbasi oqibatida bir qismi vayron bölgan töqqiz qavatli uy xarobalari ostidan yana 13 kişining jasadi olib çiqildi, deb xabar bermoqda Ukraina favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati. Qurbonlar orasida ikki yoşli bola ham bor.

Qutqaruvçilarning sönggi ma’lumotlariga köra, 31 iyul kungi zarba qurbonlari soni 31 nafarni taşkil etmoqda, şundan uç nafari bolalar. 170 dan ortiq kişi yaralangan, şundan 16 nafari bolalar.

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv işlari davom ettirilmoqda.

Kiyevda 1 avgust motam kuni deb e’lon qilindi.

Kiyev şahri harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkaçenkoning ma’lum qilişiça, poytaxtda 100 ga yaqin bino, jumladan, turar joy binolari, maktablar, bolalar boğçalari va universitet şikastlangan. Svyatoşinskiy rayonida zarba natijasida töqqiz qavatli turar joy binosining pödezdi butunlay vayron bölgan.

Ukraina qurolli kuçlari harbiy-havo kuçlari ma’lum qilişiça, Rossiya armiyasi Ukrainaga jami 309 ta dron va sakkizta qanotli raketa uçirgan. Harbiylar beşta raketa töğridan töğri nişonga kelib urilganini, şuningdek, 12 ta joyda dronlar zarbasi va yana 19 ta joyda dronlar parçalari qulaşini qayd etgan.

Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga Moskvani öt oçişni töxtatişga majburlaş uçun unga bosimni kuçaytirişga çaqirdi. «Ehtimol, Putinga konstruktivni namoyiş etiş uçun berilgan barça vaqt çegaralarini nolga tenglaştiriş vaqti kelgandir. Prezident Tramp Putin bilan juda saxiy va juda sabrli bölib, yeçim topişga harakat qildi», - dedi Sibiga. U «barça sanksiyaviy qadamlarni sinxronlaştiriş»ga hamda «tinçlikni kuç bilan ta’minlaş»ga çaqirdi.

31 iyul kuni Kiyevga berilgan zarba – Ukraina poytaxtida bir oy içida odamlar ölimiga sabab bölgan törtinçi hujumdir. 17 iyunga ötar keçasi esa şaharda 28 kişi halok bölgan, 130 dan ortiq kişi yaralangandi – bu hujum Kiyevda jangovar harakatlar boşlanganidan beri qurbonlar soni böyiça eng yirigi bölgandi. 2025 yil yozi boşlanişiga qadar Rossiya armiyasi Ukraina poytaxtiga bu qadar şiddat bilan hujum qilmagan.

Andriy Zhyhaylo / Oboz.ua / Global Images Ukraine / Getty Images