Navoiyda atmosferaga me’yoridan ortiq zararli taşlanmalar çiqargan korxonalar faoliyati vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, vazirlik rahbariyatidan iborat işçi guruh tomonidan Boş prokuratura bilan hamkorlikda Navoiy şahri hududida atmosfera havosi ifloslanişi sabablarini aniqlaş, tahlil qiliş va ularga nisbatan ta’sirli çora köriş böyiça örganiş ötkazilmoqda. Örganiş Ekologiya vazirining qat’iy topşiriğiga köra ikkita yönalişda — Navoiy şahrida kuzatilgan oq tutun manbasini aniqlaş hamda şaharda sanoat taşlanmalari bilan boğliq umumiy ekologik holatni yaxşilaş maqsadida olib borilmoqda. Qonunbuziliş holatlariga nisbatan keskin çoralar körilmoqda.

Birinçi holatda 19 iyul kuni Navoiy şahrida atmosfera havosining oq tutun bilan ifloslanişi böyiça laboratoriya tahlillari va boşqa ma’lumotlar töplangan. Navoiy şahri hududi böylab 11 ta nuqtadan köçma laboratoriya orqali havoning ifloslaniş darajasi tahlil qilinganda oltingugurt ikki oksidi (SO₂) belgilangan me’yordan 1,86 baravar, ammiak (NH₃) esa 1,43 baravar yuqori ekani ma’lum bölgan.

Şu kuni soat 5:30 da (sobiq “Elektrokimyo” zavodi xududida) “Sogda kimyo zavod”, “Ferrosplav” va “Zarafshon industrial technology” MÇJlar zavodlariga tutaş hududda qisqa vaqtning özida konsentranlangan taşlanma şakllantirilgan videotasmasi dalil sifatida rasmiylaştirilgan.

Uşbu korxonalarni tekşiriş davomida:

— “Sogda kimyo zavod” MÇJ davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olmasdan faoliyat yuritayotgani, öz hududida betartib çiqindixona yaratgani hamda qurişi jarayonida hosil bölgan quriliş çiqindilarini hududidan taşqarida joylaştirgani, zararli moddalar oçiq hovuzda saqlanayotgani, zararli moddalarni eritiş jarayonida hosil bölgan kislotali suvlar oçiq relefga taşlangani, atmosfera havosiga nazoratsiz taşlanmalar çiqarayotgani aniqlangan. Atrof-muhitga yetkazilgan zarar uçun jami 7 mlrd 382 mln söm tölovlar belgilangan;

— “Ferrosplav” MÇJ davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olmasdan faoliyat yuritayotgani, xomaşyoni eritişdan hosil bölayotgan ifloslantiruvçi moddalar atmosferaga çiqarilayotgani va sanoat çiqindilari betartib töplanayotgani aniqlangan;

— “Zarafshon industrial technology” MÇJ esa davlat ekologik ekspertizasi xulosasida belgilangan talablarni bajarmagani, ruxsat etilgan me’yordan vodorod sulfid 25 baravar, azot oksidi 12 baravar, ammiak 7 baravar, oltingugurt qöş oksidi 2,6 baravar, vodorod sulfid 40 baravar yuqori ekani va oltingugurt saqlaş omborxonasida zararli moddalarni saqlaş talablariga rioya etilmagani aniqlangan.