Jahon meteorologiya taşkiloti (WMO) 829 km uzunlikdagi mega-yaşin haqida xabar berdi - bu çaqmoq ölçami böyiça yangi rekorddir, deyiladi taşkilot saytida.
«Yangi rekord - 829 km (515 mil) - plyus-minus 8 km xatoga ega. Bu 2020 yil 29 aprelda örnatilgan avvalgi rekorddan 61 km ga uzunroq, şu vaqtda çaqmoq AQŞ janubiy ştatlari ustida 768 km (plyus-minus 8 km) masofaga çözilgan edi», deyiladi xabarda.
Uşbu çaqmoq 2017 yil 22 oktyabrda Şarqiy Texasdan Kanzas-Siti atrofidagi osmonda sodir bölgan. Dastlab uning rekord miqdordagi uzunligi sezilmagan va faqat sun’iy yöldoşdan olingan suratlarni qayta örganiş paytida aniqlangan.
WMO çaqmoq uzunligini Venetsiyadan Parijgaça bölgan masofa bilan taqqosladi va bunday ulkan çaqmoqning paydo bölişini mezomasştabli konvektiv tizimlar zonalaridan birida - Şimoliy Amerikaning Buyuk tekisliklaridagi öziga xos momaqaldiroq frontlarida paydo bölgani bilan izohladi.
Şuningdek, WMO Yerdagi çaqmoqlarning boşqa rekordlarini ham keltirdi:
- 2020 yilda Urugvay va Şimoliy Argentina ustida momaqaldiroq paytida eng uzoq çaqnaş yuz berdi – 17,1 sekund;
- çaqmoq urişi oqibatidagi eng köp qurbonlar soni - 1975 yilda Zimbabveda kulbaga yaşin urişi oqibatida 21 kişi halok böldi;
- çaqmoq urişining halokatli oqibatlaridagi qurbonlar soni - 1994 yilda Misrdagi rezervuarlariga çaqmoq urişi oqibatida yonğin yuzaga keldi va neft tökilişi oqibatida 469 kişi halok böldi.












