Közingiz tuşgan bölsa kerak, Putin dösti Aleksandr Lukaşenko bilan birga Kareliya orolidagi çerkovga borib u yerdagi poplar bilan qanaqadir diniy amallarni bajardi. Öşa paytdayoq Rossiya prezidenti jiddiy biror çiqiş qilişi aniq edi. Çunki Putin odatda nimanidir e’lon qiliş oldidan Lukaşenko bilan körişadi va ba’zan çerkovga borgani körsatiladi. Bu gal ikkala ritual ham bir vaqtda bajarildi.

Xullas, Lukaşenko bilan uçraşuv vaqtida Putin ilk marta Trampning ön kunlik ultimatumiga javob berdi: «Bu borada eng avvalo şuni aytmoqçimanki, «Oreşnik» raketasini seriyali işlab çiqariş boşlanib, qurolli kuçlarga berildi».

Tramp «Putin menga javob bermayapti», deb arazlab yurgandi, marhamat, mister Tramp, Putin juda kuçli javob berdi: «menga ultimatum qöyasanmi? Marhamat, men «Oreşnik» degan raketani seriyali işlab çiqarişni boşladim, bilganingni qil», dedi. Xöş, endi kuçingizni körsating-çi, janob Tramp, Putin sizga çinakamiga «vizov taşladi». Sizning qanday ta’sir qilişini özingiz ham bilmaydigan ğalati ikkilamçi sanksiyalaringiz Rossiyani qörqitmadi.

Rossiya prezidenti uçraşuv davomida Istanbuldagi muzokaralarni ijobiy baholadi. Rossiyalik harbiylar içida birorta atay berilgan qurbon yöqligini aytdi. Putinga köra, Ukrainaning Çasiv Yar şahri bir neça kun oldin egallab bölingan ekan. Şuningdek, Putin negadir Ukrainada korrupsiya kuçli ekani haqida gapirdi.

Bu bayonotlar nega Lukaşenko iştirokida aytildi, deb öylayotganlar uçun buning sababini tuşuntiraman. Putin Batkaning oldida özini erkin his qiladi. Sözamol Lukaşenko Putinning sözlarini töldirib turadi. Masalan, ikki prezident jurnalistlar savollariga çiroyli mebel körinişiga keltirilgan tönka ustida turib javob berişarkan Lukaşenko Ukrainani «yugurib kelib Putin bilan kelişişga» çaqirdi. «Aks holda bir, bir yarim oyda ruslar hammasini egallab oladi», dedi Lukaşenko. Putinga egallab oladi degan gap yoqmadi, «Qaytaramiz, bular bizning yerlar», dedi.

Ya’ni, bir neça yil avval Ukraina hududiy yaxlitligini, xususan, Qrim Ukrainaniki ekanini rasman tan olgan Putinning aytişiça, hozirgi Ukraina yerlari aslida ruslarniki ekan va ularga nisbatan «egallab oldi» degan sözni işlatiş hatto Batkaga ham mumkin emaskan. Putin Ukraina yerlari qaysi hujjatga köra Rossiyaniki ekanini aytmadi.

Ana şunaqa gaplar, azizlar. Putinning çiqişidagi eng muhim gaplar şular böldi. Endi juda qiziq davr boşlanmoqda. Tramp muddatni qisqartirib katta ketgandi, Putin unga juda kuçli javob berdi. Töğrisini aytiş kerak, uning Kareliya orolida Lukaşenko bilan duetda tayyorlagan javobi çindan muvaffaqiyatli çiqdi. Köramiz, endi Tramp qanday javob berarkin. Aytgança, muddat tugaşiga yetti kun qoldi...