Qirğiziston çegara ötkaziş punktlarida dasturiy texnik ta’mirlaş va profilaktik işlar amalga oşirilmoqda. Şu sababli, 2-4 avgust kunlari bojxona postlarida yuk maşinalarining qisqa muddatli navbatlari yuzaga kelişi mumkin, deb xabar berdi Bojxona qömitasi vakili.

Qayd qilinişiça, Qirğiziston bojxona organlari faoliyatini raqamlaştiriş doirasida uşbu davlatdan tranzit tarzida harakatlanadigan yuk avtotransport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylaştiruvi jarayonlarini yanada tezlaştirişga xizmat qiluvçi yangi axborot tizimlari joriy etiladi.

Ta’kidlanişiça, bu haydovçilarning bojxonadan ötiş jarayonlarini soddalaştiriş bilan bir qatorda bunga sarflanadigan vaqtni ham sezilarli darajada qisqartiradi.