Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 42-umumta’lim maktabi direktori işdan böşatildi, deb xabar berdi viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi.
Avvalroq, öqituvçilar uşbu maktabni ta’mirlayotgani haqida videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
«Maktab jamoasi bilan suhbatda ular tomonidan uşbu haşar ixtiyoriy ravişda amalga oşirilgani ta’kidlansa-da, ustozlarni öz lavozim majburiyatidan taşqari işlarni bajariş holatini nazoratga olmagani sababli maktab direktori Z.M. egallab turgan lavozimidan ozod etildi», deyiladi bayonotda.
Qayd qilinişiça, maktab 1982 yilda qurilib, 2005 yilda joriy ta’mirlangan. 2023 yil «Taşabbusli budjet» loyihasi asosida 1 milliard 200 millionlik qiymatga ega eşik va romlar bilan jihozlangan. 2024 yilgi mavsumda 1 milliard 300 million söm mablağ yutib olinib, sport maydoni qurilgan va maktabning old qismi zamonaviy körinişga keltirilgan. Hozir maktabda 1 ming 236 nafar öquvçiga 74 nafar ustoz ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.













