Ular uçun özbek madaniyatini yaqindan taniştirişga qaratilgan turli tadbirlar taşkil etildi. Özbekistonda ötkazilgan ikki hafta davomida bolalar turli mahorat saboqlari va sport musobaqalarida qatnaşiş imkoniga ega böldi. Bunga qöşimça, oromgohda bolalar uçun musiqa, raqs, rasm çiziş va kompyuter darslari taşkil etildi. Şuningdek, ular turli festival va tanlovlarda qatnaşiş, mahalliy tomoşalar va turli filmlarni tomoşa qiliş imkoniyatiga ega böldi.

Bolalarni Moskvada Özbekiston elçixonasi diplomatlari va Rossiya Mustaqil kasaba uyuşmalari federatsiyasi (FNPR) vakillari kutib oldi.

Rossiya Mustaqil kasaba uyuşmalari federatsiyasi apparati taşkiliy işlar bölimi boşliği Anastasiya Anisimova ikki davlat farzandlari örtasidagi döstlik, özaro hurmat va muloqotga bağişlangan yozgi ta’tillar yuqori saviyada ötganini ta’kidladi.

"Umid qilamizki, bu iliq xotiralar bolalar xotirasida abadiy qoladi. Uşbu haqiqiy va unutilmas şarqona ertakni hayotga tatbiq etişda iştirok etgan Özbekiston prezidenti va Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasiga hamda barça taşkilotçilarga katta rahmat", - deya minnatdorçilik bildirdi bölim boşliği.