Andijon viloyatida mast holdagi erkak yoş bolani kaltaklagani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda katta yoşdagi erkak dorixonada 14 yoşli bolaga tahdid qilib baqirgan va yuziga urib, yiqitgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon şahar IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Kun.uz’ga bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.
“Aniqlanişiça, 2025 yil 26 iyul kuni Andijon şahrida yaşovçi (1977 yilda tuğilgan) fuqaro S.J. dorixonaga mast holatda kelib, u yerda bölgan voyaga yetmagan (2011 yilda tuğilgan) M.K. bilan avval suhbatlaşmoqçi bölib gapirgan, söng bolani xaqorat qilgan va uning yuziga kafti bilan urgan.
Holat yuzasidan Andijon şahri IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jumladan, voyaga yetmagan M.K.ga yetkazilgan tan jarohati yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda J.S.ga nisbatan tegişli tartibda qonuniy çoralar köriş jarayoni ketmoqda” - deyiladi ombudsman xabarida.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 1-yarmida bolalar ombudsmani nomiga bolalar huquqlari yuzasidan 885 ta murojaat kelib tuşgan.










