Forum Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi homiyligida ötkazilib, akademik hamjamiyat yetakçilari, davlat siyosati vakillari va soha mutaxassislarini "Imkoniyatlarni kengaytiriş: oliy ta’limda global köpriklarni quriş" mavzusini muhokama qiliş uçun birlaştiradi.

Yevroosiyo global ta’lim makonida faol kuçga aylanişda davom etar ekan, forum mintaqaning boy akademik merosi, madaniy xilma-xilligi va strategik mavqeiga asoslanib, özining ulkan salohiyatini qanday namoyon etişi va oliy ta’limning yagona va ta’sirçan global brendiga aylanişi mumkinligini tadqiq etadi.

Iştirokçilar asosiy ma’ruzalar, interaktiv panel sessiyalari, mahorat darslari va seminarlarda qatnaşib, institutsional taniqlilikni oşiriş, çegaralararo hamkorlikni rivojlantiriş va mintaqaning xalqaro akademik hamjamiyatdagi obrösini mustahkamlaş böyiça amaliy strategiyalarni özlaştiradilar.

Globallaşuv, tadqiqotlarga asoslangan innovatsiyalar va inson kapitalini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratiladi. Forum mintaqa universitetlari dunyoning yetakçi muassasalari bilan hamkorlik örnatayotgani va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning asosiy yönalişlarida taraqqiyotga qanday hissa qöşayotganini ta’kidlaydi.

Central Asian University rektori Kamran Ğulamov şunday dedi:

"Uşbu forum nafaqat Central Asian University, balki butun Yevroosiyo mintaqasi uçun muhim bosqiçdir. U mintaqamizning global akademik hamjamiyat bilan faolroq muloqot qiliş, noyob qaraşlar bilan örtoqlaşiş va butun dunyo böylab oliy ta’lim kelajagini şakllantirişga salmoqli hissa qöşişga bölgan ortib borayotgan intilişini aks ettiradi."

QS Quacquarelli Symonds mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubovning qöşimça qilişiça: "Yevroosiyo Şarq va Ğarbni geografik va madaniy jihatdan boğlaydigan mintaqadir. U xalqaro savdoda muhim rol öynaydi va dunyodagi eng tez rivojlanayotgan hududlardan biri bölib qolmoqda. Bu ösişni saqlab qoliş uçun mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilişga qodir bölgan bilim va könikmalar talab etiladi. Şu nuqtai nazardan, Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Ozarboyjon, Turkiya va Yevroosiyoning boşqa mamlakatlari universitetlari strategik ustuvorliklar va mavjud imkoniyatlar örtasidagi tafovutni bartaraf etiş orqali ijobiy özgarişlarga turtki bermoqda. Birinçi QS Eurasia Forum 2025 forumimiz iştirokçilari mintaqaning global raqobatbardoşligini oşiriş yöllarini hamda uning oliy ta’limi va ilmiy tadqiqotlari ta’sirini muhokama qiladilar".

Forumga Şarqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va boşqa mintaqalardan iştirokçilarni jalb etib, muloqot, tajriba almaşiş va strategik muvofiqlaştiriş uçun muhim maydon bölişi kutilmoqda.