Jahon narkobozorida sintetik opioidlar - ta’sir kuçi böyiça fentanildan önlab marta ustun bölgan moddalar - nitazenlar ommalaşmoqda. Ular hatto mikrodozalarda ham ölimga olib keladi va allaqaçon yuzlab odamlarning ölimiga sabab bölgan, ayniqsa, aynan şu dorini qabul qilayotganini bilmaganlar orasida.

Nitazenlar 1950 yillarda Şveytsariyaning Ciba (hozirgi Novartis) kompaniyasi tomonidan ehtimoliy oğriq qoldiruvçi vosita sifatida sintez qilingan. Ammo öta zaharli ekani tufayli heç qaçon tibbiyotda qöllanmagan - hatto minimal dozalarda ham ölim xavfi juda yuqori, deb yozdi Meduza.

XX asrning ikkinçi yarmida nitazenlar vaqti-vaqti bilan turli mamlakatlarda paydo bölgan. Masalan, 1998 yilda Moskvada nitazenlarning bir şakli - etonitazendan kamida 20 kişi vafot etgan.

Biroq, çinakam ommaviy tarqaliş faqat olti yil oldin - Xitoyda fentanil işlab çiqariş çeklanganidan va Afğonistondan geroin yetkazib beriş keskin kamayganidan keyin boşlangan. Narkolaboratoriyalar uning örnini bosuvçi - nitazenlarni topdi.

Bugungi kunda nitazenlar butun dunyo böylab topilmoqda: 2019 yildan 2024 yilgaça - 28 mamlakatda. Buyuk Britaniyada ular 485 kişining, AQŞda 320, Latviyada 101 kişining ölimiga sabab bölgan.

Moddaning hatto arzimas miqdori ham ölimga olib keladi - lekin köpinça u boşqa giyohvand moddalar yoki hatto retsept böyiça beriladigan dorilar, veyp suyuqliklari va ksanaks kabi tabletkalarga aralaşib ketadi, bu esa xavfni ayniqsa oşiradi.

Masalan, Britaniyada 23 yoşli yigit «retsepsiz» ksanaksni qabul qilgandan söng vafot etdi - tabletkalarda nitazen izlari topildi.

Nitazenlarni işlab çiqariş geroin yoki fentanilga qaraganda osonroq va arzonroq ekani ta’kidlanmoqda. Ular geroindan 50-250 baravar, fentanildan 10-50 baravar kuçliroq, bu esa taşiş va sotişni foydaliroq qiladi: kamroq hajm - köproq foyda.

Ta’kidlanişiça, Yevropada bir gramm nitazendan olinadigan sof foyda 600 yevroga yetadi.

Nitazenlarga duç kelgan birinçi davlatlardan biri Estoniya böldi. 2000 yillarda bu yerda fentanil epidemiyasi avj olgan edi, u 2017 yilga kelib bartaraf etilgandek tuyuldi. Ammo 2019 yildan beri mamlakat yana ölimlar sonining ösişini qayd etmoqda - 2022-2023 yillarda giyohvand moddalar tufayli vafot etganlarning yarmi - 130 kişi nitazendan ölim topgan.