Ayniqsa ayollar uçun. Çunki ular raqamli makonda köpinça zöravonlik, ta’qib, öz şa’niga tajovuz va ruhiy bosimga duç kelişadi.
Söz erkinligining jazosi: internetdagi haqoratlar
Internetda öz fikrini bildirgan ayollarga nisbatan tajovuzkor izohlar, haqoratlar va hatto jinsiy tahdidlar tarqalişi kundalik holatga aylangan. Amnesty International taşkiloti ma’lumotlariga köra, har tört ayoldan uç nafari (76 foizi) onlayn zöravonlikka uçragan. Köp hollarda bu holat ularning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini kamaytirişga yoki butunlay taşlab ketişiga sabab böladi.
Şaxsiy fikrini bildiriş, jamoatçilikka murojaat qiliş ayol uçun “jazoga” aylanişi – bu jamiyatimizda ham uçrab turadigan xavfli tendensiyadir.
Kiberta’qibning ta’siri
Onlayn makondagi ta’qiblar ba’zan virtual bilan çeklanib qolmaydi. Kiberstalking – ya’ni messenjerlar, izohlar orqali doimiy ta’qib qiliş holatlari borgan sari köpaymoqda. Bu nafaqat ruhiy zöravonlik, balki real hayotda ham xavfli oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Masalan, Hindistondagi voqealardan biri: bir ayolning Facebook sahifasi sobiq sevgilisi tomonidan buzib kirilib, uning şaxsiy ma’lumotlari tarqatilgan. Bunday holatlar ayollarni jamoat faolligidan çekinişga, xususan, gender haqida post yozişdan voz keçişga majbur qilmoqda.
Doxxing: internet orqali “jazolaş”
Sönggi yillarda keng tarqalayotgan yana bir tahdid – doxxing, ya’ni ayollar roziligisiz ular haqidagi şaxsiy ma’lumotlarni ommaga e’lon qiliş. Telefon raqami, yaşaş joyi, iş joyi, hatto oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar oçiqlanişi orqali ularga bosim ötkaziş holatlari juda xavfli.
Ayrim hollarda bu ta’qiblar tahdidli qönğiroqlar, hatto jismoniy hujum bilan yakun topgan. Statistik ma’lumotlarga köra, dunyo böylab har tört ayoldan biri kamida bir marta şaxsiy ma’lumotlarining internetga tarqalişi bilan boğliq holatga duç kelgan.
Afsuski, bunday holatlarga qarşi kuraşiş uçun qonuniy asos deyarli yöq. Avstriya va Gonkong kabi kam sonli mamlakatlar bu sohada aniq çoralar körmoqda xolos.











