Uşbu hujjat prezident qarorining PQ–17-sonli «Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarşi kuraşiş sohasi uçun professional kadrlar tayyorlaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoyişini amalga oşiriş maqsadida işlab çiqilgan.

Qarorga muvofiq:

  • raqamli kriminalistika sohasidagi mutaxassislarning malakasi kamida har ikki yilda bir marta ixtisoslaştirilgan öquv muassasalarida oşiriladi;
  • öqitiş oflayn va masofaviy şakllarda – kurslar, seminarlar va stajirovkalar körinişida ötkazilişi mumkin;
  • öqitişning minimal vaqti – 36 akademik soatni taşkil etadi;
  • öqişni muvaffaqiyatli yakunlagan mutaxassislarga belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi;
  • xorijda öqitilgan mutaxassislarning malakasi tegişli hujjatlar asosida tan olinadi.

 
Şuningdek, raqamli kriminalistika sohasida sertifikatlangan mutaxassislarning yagona elektron reyestrini markazlaşgan holda yuritiş nazarda tutilgan.