Reuters xabariga köra, Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG (RBI) bank guruhi özining Rossiyadagi şu’ba korxonasi aktivlari böyiça Rossiyadagi sudda ğalaba qozongan. Rossiya sudi "Rayffayzenbank" aktivlarini muzlatiş haqidagi avvalgi qarorini bekor qildi, deb yozadi agentlik RBI advokatiga tayanib. RBI rahbariyati sud qarori haqidagi ma’lumotni hali tasdiqlamadi.
Gap Rossiyaning "Rasperia" investitsiya kompaniyasi tomonidan aktivlarni sotib oliş böyiça muvaffaqiyatsiz bitimdan söng da’vo böyiça qabul qilingan qaror haqida ketmoqda. Iyun oyida Rossiya sudi Avstriya bankining Rossiya aktivlarini xatlovga oliş qarorini bekor etişni talab qilgan da’vosini rad etdi.
Reuters ta’kidlaganidek, sud qarori "Rayffayzenbank"ning ehtimoliy sotilişiga avtomatik ruxsat berişni anglatmaydi; buning uçun RBI köp sonli qöşimça ruxsatnomalarni olişi kerak.
2025 yilning may oyida Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki "Rayffayzenbank" hisobraqamidan rubl ekvivalentidagi taxminan 1,87 milliard yevroni majburan yeçib oldi va bu summani "Rasperia" kompaniyasi hisobiga ötkazdi, deya xabar bergandi RBI rahbariyati. Mablağlar Rossiya sudining qarori bilan xatlovga olingan, u RBI'ning Rossiyadagi şu’ba korxonasiga rossiyalik oligarx Oleg Deripaska bilan aloqador bölgan "Rasperia" kompaniyasiga tovon tölaş majburiyatini yuklagan.









