“Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlaş tizimini takomillaştiriş hamda iş beruvçilarni rağbatlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, 2025 yil 1 noyabrdan e’tiboran, işsizlik nafaqasi faqat mehnat şartnomasi bekor qilingan şaxslarga tölanadi. Bunda:
- işsizlik nafaqasi sönggi 5 yilda kamida 18 oy işlagan şaxslarga mehnat şartnomasi bekor qilingandan söng ular 6 oy içida murojaat qilganda, ularning oxirgi 18 oylik örtaça iş haqi hisobidan 3 oy davomida tölanadi;
- 1-oyda örtaça oylik iş haqining 75 foizi, lekin mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 3 baravaridan oşmagan miqdorda tölanadi;
- 2– va 3– oylarda esa örtaça oylik iş haqining 50 foizi, lekin mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 3 baravaridan oşmagan miqdorda tölanadi.
Işsizlik nafaqasini takroran belgilaşda dastlabki tayinlangan nafaqani oliş muddati tugagandan söng qöşimça ravişda kamida 12 oylik iş staji talab etiladi.













