Bugun 7 avgust, AQŞ prezidenti Tramp Putin uçun belgilagan muddat tugaşiga bir kun qoldi. Dedlayn tugaşi arafasida tomonlar «ğimirlab qolişdi», aftidan nimadir böladiganga öxşaydi. Quyida şu haqda.

Uitkoff yana Moskvada

Keça AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff yana Moskvaga bordi, oltinçi marta. Hozirça konservator dösti Taker Karlsonga intervyu berib, Putinni oğzidan bol tomib maqtaşga ulgurmadi. Uçraşuvda nimalar deyilgani ham noma’lum. Aniği şuki, Amerika Rossiyaga qandaydir jiddiy şart qöya olgan körinadi. Uitkoffning Moskvaga taşrifi haqidagi gaplarga qaraganda şunga öxşayapti. Tramp Uitkoffning Putin bilan muloqotidan keyin Germaniya kansleri Mersga qönğiroq qilib, Moskvadagi uçraşuv «kutilganidan ham yaxşi ötganini» aytgan.

Bu uçraşuv tugaşi bilan Amerika naşrlari Tramp kelasi hafta Putin bilan uçraşmoqçi ekani, undan keyin Zelenskiy bilan yuzma-yuz körişişi haqida xabarlar yozdi. Albatta, Putin bilan bir hafta içida uçraşuv taşkil qiliş oson iş emas, lekin Vaşington çindan rad qilib bölmas şart qöygan bölsa, buni bir kunda ham eplaş mumkin.

Kreml tasdiqladi

Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov Rossiya va Amerika prezidentlari örtasida uçraşuv ötkazilişini tasdiqladi. Kreml mulozimiga köra, uçraşuv keyingi haftada ötkaziladi. Uitkoff Moskvaga taşrifi vaqtida Putin, Tramp va Zelenskiy örtasida uç tomonlama uçraşuv masalasini muhokama qilgan. Lekin ruslar bu taklifga javob bermadi. Ukraina prezidenti Zelenskiy ham «Moskva öt oçişni töxtatişga könganga öxşayotgani» haqida gapirdi.

Bu nima degani?

Endi bu voqealar nimani anglatişi haqida. Hozirdan aytib qöyay, Tramp belgilagan dedlayn kuyib böldi. Ertaga AQŞ belgilagan muddat tugaydi, lekin katta ehtimol Rossiyaga qarşi heç qanday sanksiya kiritilmaydi. Çunki Tramp maqsadiga erişdi. Sizlar bilan gaplaşadigan gapim yöq, deydigan Putinni uçraşişga köndirdi. Yakkama-yakka uçraşuvda esa köp narsaga kelişiş mumkin. Va yana bir gap.

Putin Tramp bilan uçraşyaptimi, demak Uitkoff Moskvada aniq kelişuvga erişgan. Bunday katta odamlar pişmagan kelişuvni muhokama qiliş uçun uçraşib ötirmaydi.

AQŞ davlat kotibi Rubioning aytişiça, Uitkoff bilan uçraşuv vaqtida Rossiya ilk marta konkret nima istayotganini aytgan. Ya’ni buyoğiga kelişiş oson böladi. Kiyev ham kelişuvga qarşilik qilmasa kerak. Hozirça qanday körinişda kelişuv bölişi noaniq, lekin Rossiya ham çekinsa kerak. Çunki faqat Ukraina çekinadigan bölsa, bu örtada turgan Amerika uçun uyatli böladi.