Qayd qilinişiça, şaharda bir yil içida 12 mingta yangi quvvat, savdo va servis majmualari işga tuşgan. Bularning barçasi energiyaga talabni oşiradi. Şuni hisobga olib, oxirgi ikki yilda Toşkentda elektr ta’minotini yaxşilaş uçun 2 trillion 800 milliard söm yönaltirilgan. 36 ta podstansiya, 665 ta transformator, 2 ming kilometrdan ziyod tarmoq yangilangan.

Ta’kidlanişiça, 46 ta nimstansiya va 207 ta transformator ortiqça yuklama bilan işlayapti. Yil boşidan beri poytaxtda elektr iste’molçilari 40 mingtaga köpaygan, talab 6 foiz ösgan. Şu bilan birga, ilgari yozdagi jazirama kunlar davomiyligi bir haftadan oşmagan bölsa, bu yil 20 kungaça çözilgan. Oqibatda iyul oyida Toşkent şahrida iste’mol miqdori 900 million kilovatt-soatdan oşgan.

Taqdimotda energetika vaziri poytaxtdagi har bir tuman va mahallalar kesimida rejalarni bayon qildi.

Unga köra, bu yil birinçi bosqiçda 374 kilometr tarmoq, 11 ta nimstansiya, 62 ta transformatorni yangilaş közda tutilgan. Kelasi yil yana 788 kilometr tarmoq, 35 ta nimstansiya va 145 ta transformator modernizatsiya qilinadi.

Prezident kuz-qiş mavsumiga oz fursat qolganiga e’tibor qaratib, bu yilgi rejani 1 noyabrgaça yakunlaş zarurligini ta’kidladi.

2027 yilgaça yirik korxonalar va turizm maskanlarida 752 megavattli quyoş stansiyasi hamda 812 megavattli saqlaş quvvatlarini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Mutasaddilar atom energetikasi yönalişidagi işlar haqida ham axborot berdi. Yurtimizda kiçik quvvatli atom elektr stansiyasi quriş böyiça iş olib borilmoqda. Bölajak stansiyaning har bir bosqiçi – loyihalaştirişdan to bitgunga qadar Xalqaro atom energiyasi agentligining qat’iy nazorati ostida böladi, eng ilğor xavfsizlik talablari tatbiq etiladi.

Prezident rejadagi inşootlarni sifat va muddatga amal qilgan holda işga tuşirib, barqaror energiya quvvatlarini yaratiş böyiça körsatmalar berdi. Vazirlar Mahkamasiga energiya samaradorlikni oşiriş masalasini har hafta muhokama qilib boriş topşirildi.