“Beş daqiqa” loyihasining navbatdagi sonida özbek adabiyotining şoh asarlaridan biri – Toğay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani haqida gaplaşamiz.
Uç avlod – bir millat taqdiri
Uşbu asarda uç obraz bor. Bobo, ota va öğil. Muallif bir sulola orqali xalqning tarixiy fojiasini körsatib beradi.
Bobo, ya’ni Jamoliddin ketmon butun umrini yerda, dalada ötkazgan sodda dehqon. Uning quvonçi ham, qayğusi ham şu dala bilan boğliq.
Bir kuni Oqpodşo qöşinlari Farğonaga bostirib kiradi. Göyoki “qoloq” bu elga “tartib, ma’rifat va taraqqiyot olib kelamiz” degan asoslar keltiriladi.
Aslida maqsad – yerni tortib oliş, xalqni böysundiriş va ruhan sinidiriş edi. Jamoliddinning dalasi tortib olinadi, u öz yurtida begonaga aylanadi. Bu – xalq ruhining birinçi sinişi edi.
Aqrab qörboşi şu avlod vakili edi, jasur va qörqmas inson.
U bosqinçilarga qarşi faol kuraşga çiqadi. Ozodlik uçun harakat qiladi. Lekin zamon uni qöllamaydi, bosmaçi tamğasi bosiladi. Harakat mağlubiyat bilan tugaydi. Har bir mağlubiyat – xalqning yana bir iztirobi, ruhan çekinişi edi.
Dehqonqul, ya’ni nabira Şöro davrida sahnaga çiqadi. Bu vaqtga kelib qoğozda xalq yer egasi bölgandi, ammo amalda heç narsa yöq edi. Dehqonqul zamonga moslaşmoqçi böladi. Yangi tartiblarni qabul qiladi, hatto ularga yaqinlaşişga umid boğlaydi. Biroq bosqinçilar uni ham “özlariniki” qilmaydi. Ularga faqat buysunadigan qul kerak, ruhan mustaqil inson emas.
Natijada Dehqonqul ham bobosi va otasidek toptaladi. Jisman yöq qilinadi.
“Otamdan qolgan dalalar” bizga nimalar deydi? Yer yöqotilsa – ruh ham yöqoladi. Bosqinçi faqat tanangizni emas, ruhingizni ham zabt etmoqçi böladi. Milliy xotirani yöqotgan avlod özini ham yöqotişi mumkin. Şunday böldi ham, qadriyatlar yöq qilindi, masjidlar qulatildi, ot izi it iziga aralaşib ketdi.
Bosqinçilar tarixan hamişa niqob ostida kelgan va bu safar ham öşa qoida özgarmadi. “Xalq ziyoli bölmadi”, zombilaştirildi. Aksinça, millatning ziyolilari qirildi, oydinlari yöqotildi.












