Neft – global savdo zanjirining “dvigateli”. Uning narxi yoki ta’minotidagi özgariş butun dunyo böylab mahsulot narxlari, yetkazib beriş tezligi va işlab çiqariş hajmiga ta’sir qiladi.
Neft iqtisodiyot uçun nimani anglatadi?
Neft şunçaki bir yoqilği emas – u siyosiy qurol, geosiyosiy pozitsiya, iqtisodiy barqarorlik va strategik manba hisoblanadi. Energetika xavfsizligi, sanoat işlab çiqarişi, transport infratuzilmasi, hatto kundalik hayotimizdagi köplab qulayliklar bevosita neftga boğliq.
Dunyodagi umumiy energiya iste’molining qariyb 30 foizi aynan neftdan olinadi. AQŞ, Xitoy, Hindiston kabi yirik iqtisodiyotlar, hatto yaşil energiyaga sarmoya qilayotgan Yevropa davlatlari ham hali-hanuz neftga qaram.
Neft – faqat yoqilği emas
Odatda neftni benzin, dizel yoki gaz bilan tenglaştiriş odatiy hol. Ammo bu tabiiy boylikning hayotimizdagi roli bundan ança keng. Neftdan quyidagi mahsulotlar olinadi:
- plastmassa (qadoqlar, idişlar);
- sintetik kauçuk (şinalar, sport anjomlari);
- kiyim-keçak sanoati (poliester, neylon);
- tozalik va gigiyena vositalari (sovun, yuviş vositalari);
- gözallik mahsulotlari (kremlar, parfyumeriya);
- oziq-ovqat qöşimçalari (benzoatlar, sintetik aromatizatorlar).
Ya’ni, har kuni foydalanadigan mahsulotlarimizning asosida ham neft yotadi. Şuning uçun neft narxidagi özgarişlar, uzilişlar yoki sanksiyalarning ta’sir kölami keng.
Neft – faqat imkoniyat degani emas
Neft davlatlarga boylik, sanoat rivoji, eksport daromadi kabi köplab imkoniyatlarni yaratadi. Ammo bu boylikni boşqara olmagan, diversifikatsiyalaşmagan iqtisodiyotlar köpinça siyosiy beqarorlik, sanksiyalar yoki harbiy intervensiyalarga duç kelganda, iqtisodiyoti haddan taşqari neftga qaramligi ma’lum bölib qoladi.
Iroq, Liviya, Suriya yoki Venesuyela kabi mamlakatlar ulkan neft zaxiralariga ega. Lekin bu mamlakatlardagi bugungi holat tabiiy zaxiralar farovonlik kaliti emasligini körsatadi.
Energiya manbalarining diversifikatsiyasi (quyoş, şamol, vodorod, atom energiya) har bir mamlakat uçun muhim ahamiyatga ega.











