13 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Şörçi tumanidagi propan zapravkada portlaş va yonğin röy berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda avvaliga olovli portlaş röy bergani, keyin osmonga quyuq tutun kötarilgani, atrofdagi katta yoşlilar va bolalar har tomonga qoçib ketayotgani aks etgan.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, soat 12:58 da  “Oqqörğon” MFY Jarqişloq hududida joylaşgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyiş şoxobçasi hududida yoqilği taşuvçi avtosisternadan yoqilği saqlaş rezervuarga yoqilği tökiş vaqtida texnologik jarayonning buzilişi natijasida çaqnaş röy berib, yonğin kelib çiqqani töğrisida FVBga xabar qilingan.

Şunga köra 8 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 13:07 da hodisa joyiga yetib borib, soat 13:08 da yonğin qurşab olingan va soat 13:16 da öçirilgan. Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.

Qayd etiş kerakki, bu sönggi öttiz kun içida Özbekiston hududidagi avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalarida röy bergan beşinçi favqulodda holatdir.

16 iyul kuni Qaşqadaryo viloyatining Kökdala tumanidagi gaz töldiriş stansiyasi hududida yonilği saqlaş rezervuarida çaqnaş va undan söng yonğin sodir bölişi oqibatida 5 kişi vafot etgandi.

5 avgust kuni ham şu tumanda zapravka portladi. 8 avgustda esa Xorazm viloyati Urganç şahrida, 10 avgust kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanida zapravkada yonğin röy bergandi.