Çexiya prezidenti Petr Pavel Hindistonda dalay-lama XIV bilan uçraşganidan söng Xitoy Çexiya yetakçisi bilan munosabatlar uzilganini e’lon qildi. Xitoy taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Lin Tszyanning bildirişiça, Çexiya prezidentining bu harakati Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazgan.

“Xitoyning köp marta qarşilik qilişiga qaramasdan, Çexiya prezidenti Petr Pavel dalay-lama bilan uçraşiş uçun Hindistonga bordi. Bu Çexiya hukumatining Xitoy hukumati oldidagi siyosiy majburiyatlariga zid bölib, Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazadi”, — deb ta’kidladi Lin Tszyan.

Uning qöşimça qilişiça, Xitoy bunday uçraşuvlarni qoralaydi va keskin qarşi çiqadi hamda Çexiyaga protest bildiradi.

Pekin Tibetni öz hududining ajralmas qismi deb hisoblaşi sababli dalay-lamani tasdiqlaş özining istisnosiz huquqi ekanligini ta’kidlab keladi.

Xitoy hukumatining bildirişiça, dalay-lamani saylaş jarayoni Xitoyning Tibet muxtor tumanida ötkazilişi şart. Tibet Xitoy tarkibida muxtoriyat maqomiga ega.