Pokiston mamlakat qurolli kuçlari tarkibida raketa qöşinlarini taşkil etiş niyatida, deb ma’lum qildi boş vazir Şahboz Şarif. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Boş vazir buni Islomobodda, may oyida Hindiston bilan bölgan mojaro xotirasiga bağişlangan marosimda ma’lum qildi. Marosim Pokiston Mustaqilligi kuni - 14 avgust arafasida bölib ötdi.

«Ular [raketa qöşinlari] zamonaviy texnika bilan jihozlanadi», dedi Şarif va bu kuçlar Pokiston armiyasining jangovar qobiliyatini mustahkamlaşda yangi bosqiç bölişini qöşimça qildi.

Xavfsizlik xizmatining yuqori martabali vakili bu kuçlarning öz qömondonligi bölişini aytdi. «Şubhasiz, ular [raketalar] Hindistonga qaratiladi», deb ta’kidladi u.

Hindiston boş vaziri Narendra Modi 2 avgust kuni Pokistonning kelajakdagi har qanday hujumi Hindiston qurol tizimlaridan foydalangan holda «qat’iy javob» bilan qarşi olinişini aytdi. «Pokistondagi odamlarga keçasi uxlaşga imkon bermaslik uçun BrahMos nomini tilga olişning özi kifoya», dedi Modi.

Tovuşdan tez uçadigan BrahMos qanotli raketalari Hindiston Mudofaa tadqiqotlari va işlanmalari taşkiloti va Rossiya maşinasozlik ilmiy-işlab çiqariş birlaşmasining qöşma korxonasi bölgan BrahMos Aerospace tomonidan işlab çiqilgan. Raketa quruqlik, dengiz va havo variantlarida mavjud.

2025 yil aprel oyida Hindiston va Pokiston örtasidagi keskinlik «Qarşilik fronti» jangarilari Kaşmirda hind sayyohlariga hujum qilib, 26 kişining ölimiga sabab bölganidan söng oşdi. Hindiston bunga javoban 1960 yildagi asosiy suv şartnomasini töxtatdi va quruqlikdagi yagona çegara punktini yopdi.

6 may kuni Hindiston «Sindur» operatsiyasini boşlab, Panjob va Pokistonning Kaşmir qismiga raketa zarbalari berdi. Pokiston bunga javoban 10 may kuni Hindiston bazalari, aerodromlari va raketa omborlarni öqqa tutdi. Mojaro, turli ma’lumotlarga köra, 125 tagaça qiruvçi samolyot iştirok etgan keng kölamli havo jangi bilan yakunlandi.

10 may kuni tomonlar AQŞ vositaçiligida öt oçişni töxtatişga kelişib oldi. 88 soat davom etgan mojaro yakunlariga köra, Hindiston 100 dan ortiq jangari yöq qilingani, beş nafar harbiy va 16 nafar tinç aholi halok bölganini ma’lum qildi. Pokiston 13 nafar harbiy va 40 nafar tinç aholi, jumladan, ayollar va bolalar ölganini, şuningdek, 78 nafar yarador harbiy xizmatçi halok bölganini tan oldi.