Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qönğiroq qiliş qisman çeklandi, deb xabar qildi Roskomnadzor.
"Jinoyatçilikka qarşi kuraşiş maqsadida uşbu messenjerlarda qönğiroqlarni amalga oşirişni qisman çeklaş çoralari körilmoqda", — deyiladi xabarda.
Rossiya raqamlaştiriş vazirligining aniqlik kiritişiça, bu firibgarlar tomonidan amalga oşiriladigan qönğiroqlar sonini kamaytirişga yordam beradi, messenjerlarning boşqa funksiyalari çeklanmaydi.
Ta’kidlanişiça, messenjerlar rahbariyati Rossiya qonunçiligi talablarini bajargan taqdirda ovozli qönğiroqlar funksiyasi qayta tiklanadi.
Qayd etilişiça, yovuz niyatli şaxslar Telegram va WhatsApp messenjerlaridan tovlamaçilik harakatlarini amalga oşiriş, qöporuvçilik va terrorçilik faoliyatiga jalb etiş uçun foydalanişmoqda.












