Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan muxolif Xalq-respublika partiyasi yetakçisi Özgur Özelni haqoratda ayblab sudga berdi va ma’naviy zarar uçun 1 mln lira (24,5 ming) tovon tölanişini talab qildi. Bu haqda Turkiya rahbarining advokati Husayn Oydin ma’lum qildi.

"13 avgust kuni prezidentimiz nomiga nomaqbul sözlar va asossiz ayblovlar bilan çiqqan XRP raisi Özgur Özeldan ma’naviy zarar uçun 1 mln lira miqdorida tovon puli undiriş töğrisida Anqara fuqarolik sudiga da’vo arizasi berildi. Bundan taşqari, prezidentni haqorat qilganlik jinoyati böyiça Anqara prokuraturasiga ariza taqdim etildi", - dedi u.

Özel 13 avgust kuni Istanbuldagi çiqişi çoğida şu yilning martida şahar meri Ekrem Imomöğlining korrupsiyada ayblanib hibsga olinişida Erdöğanni ayblagandi.

Erdöğan XRP yetakçisini avval ham bir neça marta sudga bergan. Turkiyada prezidentni haqorat qiliş jinoiy javobgarlikka sabab böladi.