Davlat xavfsizlik xizmatining (DXX) Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Oqoltin tumanida yaşovçi, 27 yoşli fuqaro uşlandi.

DXX xabariga köra, u qalbaki 150 ming AQŞ dollarini şartli xaridorga haqiqiy 30 ming AQŞ dollariga sotişga uringan.

Ta’kidlanişiça, u oldin ham sudlangan bölib, 1 yil 10 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan va hozir jazoni ötaş davrida bölgan.

Tergovga qadar tekşiruvda u Qozoğistondan kontrabanda yöli bilan keltirilgan uşbu qalbaki kupyuralarni Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida yaşovçi fuqarodan olgani aniqlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qonunbuzarga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Uning jinoiy şeriklarini aniqlaş böyiça zarur çora-tadbirlar körilmoqda.