Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Yevropaga Donbassni Rossiyaga berishni taklif qildi – OAV
Qayd etilishicha, AQSh prezidenti buni tinchlik kelishuviga erishishning eng tezkor usuli deb hisoblamoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Alyaskada uchrashganidan so‘ng Yevropa yetakchilariga butun Ukraina Donbass hududini Rossiyaga topshirishi taklifi bilan chiqdi. Bu haqda The New York Times o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Volodimir Zelenskiy Donbassning qolgan qismini Rossiyaga topshirishga rozi bo‘lsa, tinchlik kelishuviga tezroq erishish mumkin deb hisoblamoqda. Ta’kidlanishicha, buning evaziga o‘t ochish to‘xtatiladi va Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari amal qiladi.
15 avgust kuni Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvdan keyin u Volodimir Zelenskiy va YeI mamlakatlari yetakchilari, NATO bosh kotibi Mark Ryugge va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen bilan telefon orqali muloqot qildi.
18 avgust kuni Oq uyda Tramp va Zelenskiy uchrashuvi o‘tishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
08:34 / 12.06.2026
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
10:39 / 11.06.2026