Özbekiston Afğonistondagi törtta energetika loyihasiga, jumladan, nimstansiyalar va elektr uzatiş liniyalarini modernizatsiya qiliş va quriş işlariga 243 million dollar sarmoya kiritişga tayyor. Tegişli şartnomalar 17 avgust kuni imzolandi, deb xabar berdi «Tolibon» hukumati rahbarining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari Mulla Abdulğani Birodar Oxund matbuot xizmati.

Hujjatlarni imzolaş marosimida «Da Afghanistan Breshna Sherkat» kompaniyasi rahbarlari va Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov iştirok etdi.

Tomonlar Özbekiston mablağlarini bir qator loyihalarga sarflaşiga kelişib oldi. Xususan, 800 megavattli «Argandi» nimstansiyasini kengaytiriş, 126 megavattli «Shayx Mesri» nimstansiyasini quriş möljallangan. Bundan taşqari, özbekistonlik energetiklar ikkita elektr uzatiş liniyasini quradi: Surxon - Daşti-Alvon va Kobul - Shayx Misriy uçastkalarida.

Işlar yakunlangaç, Afğoniston qöşni davlatdan 800-1000 MVt elektr energiyasi oladi. Yuqorida körsatilgan barça loyihalar 1,5 yil içida yakunlanişi kutilmoqda.

Birodar Oxundning sözlariga köra, energetika loyihalarini amalga oşiriş böyiça şartnomalar imzolanişi davlatlar örtasidagi özaro munosabatlar rivojlanişining davomi hisoblanadi. U hamkorlarni uşbu taşabbuslarga alohida e’tibor qaratişga, ularning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini ta’minlaşga çaqirdi.

Özbekiston Energetika vazirligi rahbari boş vazir örinbosarini respublika yaqin kelajakda Afğoniston kompaniyalari bilan hamkorlikda iş boşlaşga tayyorligiga işontirdi. Mirzamahmudovning qöşimça qilişiça, Özbekiston qöşnilar bilan qişloq xöjaligi, toğ-kon sanoati, sanoat va soğliqni saqlaş kabi boşqa sohalarda ham tajriba almaşişga tayyor.