Özbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov bilan uçraşdi.
Mirziyoyeva Telegram'dagi kanaliga joylagan postida qöşni mamlakat rahbariga samimiy qabul va oçiq, işonçli ruhda ötgan mazmunli uçraşuv uçun minnatdorlik bildirdi.
“Uçraşuvda xalqlarimizni özaro işonç va hurmat asosida taraqqiyot va farovonlikka intiliş birlaştirayotgani alohida ta’kidlandi. Mamlakatimiz prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston bilan eng yaqin qöşni va strategik hamkor sifatida munosabatlarni mustahkamlaşga alohida ahamiyat qaratadi.\
Çegara masalalari böyiça muvaffaqiyatli kelişuvlar, milliy ID hujjatlarini özaro tan oliş, qöşma korxonalar hamda Qambarota GES-1 va Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston temiryöli kabi yirik umumiy loyihalar buning yaqqol tasdiğidir.


Uçraşuvda mamlakatlarimizda ötkazilayotgan “Zakovat” intellektual öyini musobaqalari ham e’tirof etildi. Bu loyiha yoşlarimiz örtasida döstona aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qilayotgan juda samarali taşabbus sifatida qayd etildi.
Özbekiston va Qirğizistonni asrlar davomida şakllangan qardoşlik va qöşniçilik riştalari birlaştirib turadi. Biz ularni qadrlaymiz va kelgusida yanada mustahkamlaymiz”, – deya yozdi PA rahbari.












