Xorijiy davlatlarda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar vatanga qaytarilmoqda, deb xabar qildi Migratsiya agentligi matbuot xizmati.
Xabarga köra, Migratsiya agentligiga 639 nafar fuqarodan vatanga qaytariş yuzasidan murojaatlar qabul qilingan hamda 30 iyuldan 18 avgustgaça Migratsiya jamğarmasi mablağlari hisobidan 621 nafar fuqaro Özbekistonga olib kelingan.
Ularning 326 nafarini ayollar, 295 nafarini erkaklar taşkil etadi hamda şundan 189 nafari voyaga yetmagan bolalardir.
Ma’lum qilinişiça, eng köp fuqaro Rossiyadan olib kelingan — 460 nafar. Turkiyadan 71 nafar, AQŞdan 56 nafar, Qozoğistondan 17 nafar fuqaro vatanga qaytarilgan.
Şuningdek, Janubiy Koreya (4 nafar), Hindiston (3 nafar), Yaponiya (3 nafar), Polşa (3 nafar), Misr (2 nafar), Qirğiziston (1 nafar) va Saudiya Arabistonidan (1 nafar) murakkab vaziyatda qolgan vatandoşlar olib kelingan.
Migratsiya agentligi, Taşqi işlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qömitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda joriy yil 30 iyuldan 30 avgustgaça «Vatanga qaytariş» nomli xayriya aksiyasini ötkazmoqda.
Aksiya doirasida xorij davlatlarida oğir şaroitda qolgan Özbekiston fuqarolarini Vatanga qaytariş va ularni samarali reintegratsiya qiliş maqsad qilingan.










