Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy, örta maxsus va kasbiy ta’lim yönalişlari böyiça öquv-uslubiy birlaşmalar faoliyatini Muvofiqlaştiruvçi kengaş yiğilişi bölib ötdi.

Kengaşda 2025/2026 öquv yili uçun ilğor xorijiy tajribalar asosida işlab çiqilgan 5 ta oliy ta’lim muassasasining 18 ta bakalavriat va 14 ta magistratura mutaxassisligining “ta’lim dasturlari”, ya’ni malaka talabi, fan katalogi va öquv dasturini (sillabus) özida jamlagan öquv-uslubiy hujjatlar kompleksi muhokama qilindi va yangi öquv yilidan sinov tariqasida joriy etilişi belgilandi.

Ta’lim dasturlari xalqaro ta’lim standartlariga integratsiyani kuçaytirib, kredit-modul tizimi orqali talabalarni xorijda ta’lim oliş va tajriba almaşiş imkoniyatini kengaytiriş, talaba-yoşlarning ta’lim maqsadlarini aniq belgilaş orqali fanni çuqur özlaştiriş, kasbiy malakani uzviy rivojlantiriş hamda ilmiy izlanişlarga keng imkoniyatlar yaratişi ta’kidlandi.

Şuningdek, kengaşda yangi oçilgan 26 bakalavriat ta’lim yönalişi va 107 ta magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari hamda fanlar kataloglari ta’lim sohalari böyiça kadrlari buyurtmaçilari talablari hamda mehnat bozorining eng sönggi yutuqlari asosida takomillaştirilganligi qayd etilib, 2025/2026 öquv yilidan joriy etilişi belgilandi.