Isroil armiyasi Ğazo şahrini töliq egallaş va HAMASni butunlay yöq qiliş maqsadida yangi uruş boşladi. Şahar osmonida dronlar va qiruvçi samolyotlar uçmoqda: falastinliklar vayron bölgan uylarini tark etmoqda. Genotsid ayblovlari va xalqaro tanqidlar Netanyahu hukumatining qaraşlariga ta’sir qilmayapti. Şu kunga qadar Isroilning hujumlari oqibatida Ğazoda 62 mingdan ortiq inson halok böldi, ularning 20 mingga yaqini bolalar.
Isroil armiyasi çorşanba kuni Ğazo şahrini egallaş böyiça operatsiyaning ilk bosqiçlari boşlanganini e’lon qildi va ön minglab zaxiradagi askarlarni safarbar qildi. Ayni şu vaqtda Isroil hukumati qariyb ikki yildan beri davom etayotgan uruşni vaqtinça töxtatiş uçun yangi sulh taklifini körib çiqmoqda.
«Biz Ğazo şahriga hujumning dastlabki amaliyotlarini va birinçi bosqiçlarini boşladik, hozirning özida IDF kuçlari Ğazo şahrining çekkalarini egallab turibdi», dedi Isroil armiyasi matbuot kotibi Effi Defrin jurnalistlarga.
Reuters’ning yozişiça, çorşanba kuni jurnalistlarga ma’lumot bergan yana bir harbiy rasmiy zaxiradagi askarlar sentabrgaça xizmatga çaqirilmasligini, bu vaqt vositaçilarga HAMAS va Isroil örtasida sulh şartlarini muvofiqlaştiriş uçun biroz imkon berişini aytdi.

Biroq Isroil askarlari çorşanba kuni Ğazoda Hamas a’zolari bilan töqnaşganidan söng, boş vazir Binyamin Netanyahu ofisi Hamasning tayançlarini qölga oliş va guruhni mağlub etiş muddatlarini tezlaştirganini bildirdi.
Defrinning aytişiça, qöşinlar allaqaçon Ğazo şahrining çekkalarida faoliyat yuritmoqda, Hamas esa «ayovsiz zarbalardan holdan toygan» partizan kuçiga aylangan. «Biz Hamasga qarşi hujumni çuqurlaştiramiz. Ğazo şahri Hamas hukumat va harbiy tayançi hisoblanadi», dedi u.
Isroil kuçlari allaqaçon Ğazo şahri çekkalarini egallab olgan va Zaytun mahallasida operatsiya ötkazmoqda. Bu hudud Falastin şimolidagi yuz minglab odamlarga uy bölib kelmoqda.

«Osmondan dron va qiruvçi samolyotlarning ovozi tinmayapti. Odamlar esa vayronaga aylangan köçalarda oziq-ovqat va boşpana izlab yurişmoqda, ammo heç narsa topişolmayapti. Isroil bu hududlarga hujumlarni «harbiy operatsiya» deb tasvirlagan amaliyot aslida – kundalik hayotni tizimli ravişda vayron qilişga aylanib ketdi. Bu yerda oilalar uçun oddiygina tirik qoliş ham tobora oğir sinovga aylanmoqda», dedi Al Jazeera


















