Özbekiston prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qirğiziston prezidenti Administratsiyasi rahbari – Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Qasimaliyev bilan uçraşdi.

“Mamlakatlarimizni birlaştirib turadigan eng asosiy jihat — bu mintaqada hamkorlik va qöşniçilikni mustahkamlaşga qaratilgan umumiy intilişdir.

Markaziy Osiyo — qöşnilar bir-birini qöllab-quvvatlaydigan umumiy uyimizdir va bunga yetakçilarimizning oqilona siyosatlari tufayli erişildi.

Oçiq çegaralar, qöşma iqtisodiy loyihalar, suvdan foydalaniş masalalarini hal etiş — bizda umumiy mavzular juda köp.

Prezidentlarimiz tomonidan erişilgan kelişuvlarni töliq amalga oşirişda Prezident Administratsiyalari yaqin hamkorlikda iş olib borişga kelişib oldik”, deb yozdi Mirziyoyeva Telegram'dagi kanalida.