20 avgust kuni Yangi Toşkentda mazkur mukofotlarni topşiriş marosimi böldi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev yiğilganlarni Tadbirkorlar kuni va yaqinlaşib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

– Bugungi marosimda yetakçi tadbirkorlarni, jamiyatimizning eng ilğor vakillarini körib turganimdan xursandman. Bu sohada katta islohotlarni boşlaganimizda iqtisodçilarda ham, tadbirkorlarning özida ham qandaydir qörquv bor edi. Lekin işonç bilan, şijoat bilan imkoniyat yaratişdan töxtamadik. Mutasaddilarni tadbirkorlarni eşitişga majbur qildik. Bu öz natijasini berdi, davlat bilan tadbirkorlar örtasida işonç oşib bordi. Butun jamiyat tadbirkorga döst böldi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Mamlakat tadbirkorlari yangi ğoya va taşabbuslari bilan barça tarmoqlarni olğa tortayotgani, ular bilan birgalikda katta-katta dasturlar amalga oşirilayotgani ta’kidlandi.

– Biz tadbirkorlikka şaroit yaratdik, ular davlatga yelkadoş böldi. Ötgan 4-5 yilda 7,5 million aholining bandligi ta’minlandi. Bu yilning özida 3 milliondan ziyod iş örni oçildi. Investitsiya va biznes muhitini yaxşilamaganimizda bunday natijalar bölarmidi, – deya ta’kidladi davlat rahbari.

Albatta, tadbirkorlarsiz bunga erişib bölmasdi. Bugun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, ayniqsa, qişloqlarda aholini daromadli qilişda ular harakatlantiruvçi kuç bölayotir. Yuz minglab yoşlar, xotin-qizlarni kasb-hunarli qiliş, tadbirkorlikka örgatiş tajribasi ham tadbirkorlar bilan hamkorlik mahsuli.

– Yurtimizda tadbirkor va işbilarmonlarning yangi avlodi şakllangani – bu bizning katta boyligimiz va yutuğimiz, – dedi Şavkat Mirziyoyev. – Çunki har bir tadbirkor inson öz ortidan önlab odamni ergaştiradi, ularga iş örgatadi, işli, daromadli qiladi, jamiyat hayotiga yangilik olib kiradi. Sizlarni Yangi Özbekiston qahramonlari, desak, arziydi.

Prezident taşabbusi bilan şakllangan ezgu an’anaga muvofiq, har yili ilğor tadbirkorlar Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanib kelmoqda. Bu yil nomzodlarni tanlaşda öz sohasida barçaga örnak bölib, aniq natijaga erişgan, işlab çiqariş va eksport orqali hududlar, butun mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan tadbirkorlarga alohida e’tibor qaratildi.