AQŞ federal apellyatsion sudi prezident Donald Tramp ma’muriyatini qöllab-quvvatladi va quyi instansiyaning Markaziy Amerika va nepallik 60 ming migrantning vaqtinçalik himoya maqomini (TPS) saqlab qoliş töğrisidagi qarorini bekor qildi, deb xabar berdi Guardian naşri.
Endi hukumat vaqtinçalik himoya maqomi 5 avgust kuni tugagan 7 ming nafarga yaqin Nepal fuqarosini deportatsiya qilişga kirişişi mumkin. Honduraslik 51 ming va nikaragualik 3 ming nafar migrant ham 8 sentabrdan keyin himoya maqomidan mahrum bölişi va deportatsiya qilinadiganlar röyxatidan joy olişi ehtimoli mavjud.
Gazetaning yozişiça, avvalroq San-Fransisko sudi sudyasi Trina L. Tompson migrantlarning himoya maqomini saqlab qoliş töğrisida hukm çiqargandi.
Naşrning ma’lumot berişiça, Tramp ma’muriyati allaqaçon 350 ming venesuelalik, 500 ming haitilik, 160 ming ukrainalik hamda afğonistonlik va kamerunlik migrantlarning vaqtinçalik himoya maqomini bekor qilgan.
Donald Tramp prezidentlikka kirişgan ilk kunidayoq AQŞga migrantlarning kirib kelişini töxtatişga va’da bergandi.










