Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumaniga Asilbek Aşurov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilişiça, 22 avgust kuni Şarof Raşidov tumanida Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiya işida viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Uluğbek Mustafoyev iştirok etdi.

Kun tartibida taşkiliy masala körilgan. Unda viloyat hokimi Şarof Raşidov tumani hokimi lavozimiga Asilbek Rahmonoviç Aşurov nomzodini deputatlarga tavsiya etdi. Viloyat hokimining Asilbek Aşurovni Şarof Raşidov tumani hokimi etib tayinlaş töğrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Asilbek Aşurov 2022 yildan buyon Paxtakor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Eslatib ötamiz, 2019 yil oktyabridan buyon Şarof Raşidov tumaniga hokimlik qilib kelgan Mahmud Xolbötayev 2025 yil iyunida 10 ming dollar pora olayotganda qölga olingandi.