Avazada bölib ötgan muzokaralar yakunida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakçisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev qöşma bayonot qabul qildi. Bayonot matni hozirça oçiqlanmadi.
Yetakçilar huzurida transport va logistika, kemasozlik va fuqaro aviatsiyasi sohalarida hamkorlik töğrisida memorandumlar, Tovar-xomaşyo birjalari örtasida hamkorlik töğrisida bitim va boşqa hujjatlar imzolandi.


Muzokaralar yakunida ommaviy axborot vositalari iştirokida brifing bölib ötdi. Özbekiston prezidenti öz sözida uç mamlakat xalqlari manfaatlari yölida strategik şeriklikni rivojlantiriş borasidagi qat’iy siyosiy irodani yaqqol namoyon etgan uçraşuvning samarali yakunlarini yuksak baholadi.
Muzokaralarda tranzit yölaklarini rivojlantiriş, jumladan, Turkmanboşi va Boku portlari imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, zamonaviy logistika infratuzilmasini birgalikda şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi.
Milliy transport tizimlari integratsiyasini çuqurlaştiriş maqsadida mintaqadagi mavjud va istiqbolli yönalişlarni özaro boğlaş rejalari atrofliça muhokama qilindi. Özbekiston bu borada özaro muvofiqlaşgan siyosat yuritiş tarafdori ekani ta’kidlandi.

Bu, birinçi navbatda, xalqaro bozorlarga çiqişda biznes uçun qulay şaroitlar yaratiş va tarif siyosati masalalaridir.
Kaspiy dengizi orqali logistika infratuzilmasi va parom taşuvlarini rivojlantiriş loyihalari ustida birgalikda işlaş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Bundan taşqari, uç mamlakat örtasida energetika sohasida - uglevodorod konlarini özlaştiriş va işlab çiqarilgan elektr energiyasini eksport qiliş böyiça hamkorlik imkoniyatlari körib çiqildi.













