Toşkent şahrida kuşxonadan qoçib, odamlarga taşlangan buqa otib öldirildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tungi soat taxminan 2:00 larda Çilonzor tumani Içki işlar bölimiga kuşxonadan qoçgan qoramol odamlarga hujum qilayotgani haqida xabar kelib tuşgan. Şunga asosan IIO xodimlari hodisa joyiga yetib borgan.
Xodimning ta’kidlaşiça, buqa fuqarolarga qarab yugurgani sababli xizmat avtomobilida yölni yopişga majbur bölgan. Ammo qoramol inspektorni ham suzgan va u tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Şundan söng, buqa Bektöpi köçasida boşqa fuqarolarga şikast yetkazmasligi uçun otib öldirilgan.












