Donald Trampning Vaşingtonda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş çoralari ortidan AQŞ poytaxtida noqonuniy migrantlarni hibsga oliş holatlari ön barobarga oşdi, deb xabar berdi CNN telekanal.
"7 avgustdan buyon federal xodimlar Kolumbiya okrugida qonuniy immigratsion maqomga ega bölmagan 300 kişini hibsga oldi... bu odatiy hibsga oliş holatlaridan ön barobar yuqori", - deyiladi telekanal xabarida.
Qayd etilişiça, Tramp lavozimiga kirişganining dastlabki olti oyi davomida Vaşingtonda migratsiya xodimlari haftasiga örtaça 12 nafar migrantni uşlaşgan.
Avvalroq Tramp poytaxtni «jinoyatçilik, qon tökilişi, tartibsizlik va falokatlardan» himoya qiliş uçun «Vaşingtondagi favqulodda xavfsizlik holati» tufayli turli ştatlardan 2 mingga yaqin Milliy gvardiya askarlari va harbiylarni yuborgan edi.










