Germaniya tört yildan beri özini Rossiya agressiyasidan himoya qilayotgan Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etadi. Bu Germaniya kansleri Fridrix Mersning Ukraina Mustaqillik kuni munosabati bilan 24 avgust, yakşanba kuni X mikroblogida e’lon qilingan xabarida keltirilgan.
«Ukrainaliklar katta jasorat bilan Rossiya hujumlaridan özlarini himoya qilmoqda. Ular bizning Yevropadagi erkin tartibimiz va adolatli dunyo uçun kuraşmoqda», deb yozadi Germaniya hukumati rahbari. – Mustaqillik bayramida – bugun ham, ertaga ham ularning yonida turamiz».
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ham ukrainaliklarga yöllagan tabrigida şunday fikr bildirdi. «Erkin, demokratik va mustaqil Ukraina. Biz şu uçun kuraşyapmiz. Bizning barça sa’y-harakatlarimiz şunga qaratilgan. Biz qança vaqt kerak bölsa, siz tomonda qolamiz. Axir, erkin Ukraina erkin Yevropa deganidir», — deb yozadi u X ijtimoiy tarmoğida.












