AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog Ukrainaning I darajali “Xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.
Kellog Ukraina mustaqillik kuni bayrami tantanalarida ishtirok etish uchun Kiyevga kelgandi.
Kiyevdagi Sofiya maydonida bo‘lib o‘tgan bayram marosimida Kit Kellogga ordenni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy topshirdi.
U Kellogning ikki davlat hamkorligiga va Ukraina suverenitetini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini qayd etdi.
Kiyevga Ukraina mustaqillik kuni tantanalarida qatnashish uchun boshqa mamlakatlar siyosatchilari ham tashrif buyurgan.










