2021-2025 yillarda Germaniya iqtisodiy işlar va iqlimni muhofaza qiliş vaziri örinbosari, «Alyans-90/yaşillar» partiyasi yetakçilaridan biri Robert Xabek siyosatdan ketişi va mamlakatni vaqtinça tark etişini e’lon qildi. Bu haqda siyosatçi 25 avgust, duşanba kuni Berlindagi Tageszeitung gazetasiga bergan intervyusida gapirdi.
2025 yilning fevralida "yaşillar" ğalaba qozongan taqdirda, Bundestag saylovlarida Xabekni kanslerlikka nomzod qilib körsatgandi. Ammo yakunda partiya saylovlarda bor-yöği 11,6 foiz ovoz olib, avvalgi saylovlarga nisbatan öz natijasini yomonlaştirdi. "Yaşillar" hukumatni tark etib, muxolifatga ötdi.
«Mening tarjimayi holim oldinga siljidi, kelasi yil çet elga ketaman. Şu duşanba kuni men Bundestag prezidiumiga 1 sentabrdan boşlab parlament a’zosi sifatidagi vazifamni tark etayotganimni ma’lum qildim», — deya tuşuntirdi Xabek öz qarorini.
«Kelgusi yilda men turli xorijiy tadqiqot va ta’lim muassasalarida ilmiy izlanişlar olib boraman, dars beraman va tahsil olaman. Ulardan biri Kopenhagendagi Daniya xalqaro tadqiqotlar instituti. Yana biri Berklidagi Kaliforniya universiteti. Lekin boşqa taşkilotlar bilan ham hamkorlik qilaman», — deya davom etdi sobiq vazir.












