Oslodagi hukumat saytida e’lon qilingan press-relizga ko‘ra, Norvegiya Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish uchun qariyb yetti milliard krona (taxminan 590 million yevro) ajratadi. Qayd etilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaga Germaniyadan yetkaziladi.

«Norvegiya va Germaniya ikkita Patriot tizimini, jumladan, raketalarni moliyalashtirmoqda. Bundan tashqari, Norvegiya Hensoldt nemis ishlab chiqaruvchisidan havo hujumidan mudofaa radarlari va Kongsberg (Norvegiya kompaniyasi)dan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini xarid qilishda ishtirok etmoqda», — deyiladi Norvegiya hukumati bayonotida.

Mamlakat mudofaa vaziri Tore Sandvik ta’kidlaganidek, Germaniya bilan tuzilgan kelishuvlarga muvofiq, Ukrainaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash jarayoni davom etmoqda. «Bu samarali havo mudofaasiga katta sarmoyadir. Bu yordam Ukrainani ukrainaliklar hayotini himoya qilish uchun muhim vositalar bilan ta’minlaydi va mudofaani mustahkamlashga hissa qo‘shadi», dedi u.