Özbekistonda oxirgi yillarda energetik içimliklar bozori keskin kengaymoqda. Toşkentdan tortib viloyat markazlarigaça deyarli har bir dökonda ularning turfa xili savdo rastalarida mavjud. Ayniqsa, maktab va kollej yoşidagi öquvçilar hamda talabalar orasida bu içimliklarga talab yuqori. Reklamalarda “energiya beruvçi”, “uyquni qoçiruvçi” sifatida körsatiladigan suyuqliklarning asl tarkibi esa soğliq uçun jiddiy xavf tuğdiradi. Bunday içimliklardagi kofein yurakka, şakar metabolizmga, sun’iy qöşimçalar esa umumiy organizmga zarar yetkazadi. Ular tanaga tezda tetiklik ulaşadi, lekin mazkur quvvat soğliqqa zarar yetişi hisobiga hosil böladi.
Kofein – tetiklik ortidagi xavf
Energetik içimliklarning organizmni tetiklaştiruvçi asosiy “quvvati” kofeindan hosil böladi. Bu modda markaziy asab tizimi faoliyatini qözğatib, uyquni qoçiradi, sergaklik beradi va çarçoqni vaqtinça bosadi. Şu tufayli köpçilik imtihonlarga tayyorlanayotganda, tungaça işlaş yoki sport musobaqalariga qatnaşiş oldidan bunday içimliklarni iste’mol qiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bir şişa (250–330 ml) energetik içimlik tarkibidagi kofein miqdori ikki-uç stakan kuçli qahvaga teng böladi. Bunday yuqori dozadagi kofein yurak urişini tezlaştiradi, qon bosimini oşiradi va ayrim hollarda yurak ritmini buzişi mumkin. Ayniqsa, ösmirlar va yurak-qon tomir kasalligi bor odamlarda bu holat xavfli oqibatlarni yuzaga keltirişi ehtimoli baland.
Kofeinning ortiqça iste’moli uyqusizlik, asabiylik, qöl-oyoqlarda qaltiraş, me’da-içak faoliyatida buzilişlar va hatto boş oğriğiga sabab böladi. Ba’zi hollarda organizmda “kofein qaramligi” şakllanib, inson tinçlaniş yoki işlaş uçun doimo yangi dozaga ehtiyoj seza boşlaydi. Bu esa soğlom turmuş tarziga zid bölib, uzoq muddatli oqibatlarda organizmning umumiy zaiflaşişiga olib kelişi mumkin.
Şifokorlar katta yoşdagilar uçun kofein iste’molini kuniga 400 mg.dan, ösmirlar uçun esa 100–150 mg.dan oşirmaslikni tavsiya etadi.
Şakar – “şirin duşman”
Energetik içimliklarning asosiy tarkibiy qismlaridan biri — şakar. Odatda, 0,5 litrli maşhur brend nomi ostidagi içimliklarining har birida 15–18 çoy qoşiq atrofida şakar böladi. Taqqoslaydigan bölsak, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) kattalar uçun kunlik şakar iste’molini 5–6 çoy qoşiqdan oşirmaslikni tavsiya qiladi. Demak, bitta energetik içimlik içiş orqali odam kunlik me’yorni uç barobardan ortiq qabul qilgan böladi. Şakar tezkor energiya manbai sifatida qisqa muddatga tetiklik bağişlaşi mumkin, biroq bu ta’sir uzoqqa çözilmaydi. Bir neça soat içida organizmda keskin quvvat pasayişi, ya’ni













