Amerikaning Janubiy Karolina ştatida istiqomat qiluvçi 16 yoşli ösmir kofein miqdori yuqori bölgan bir neça içimlikni ketma-ket içiş natijasida hayotdan köz yumdi, deyiladi ekspertizada. 

Fojia aprel oyida maktabdagi öquv maşğulotlari paytida röy bergan. Devis Krip kutilmaganda huşini yöqotib, hayotdan köz yumgan. 

Ekspertiza ma'lumotlariga köra, ösmir ölimi oldidan "Makdonalds" lattesi, Mountain Dew alkogolsiz içimligining katta dozasi va yana qandaydir quvvatbaxş içimlik iste'mol qilgan. Uç içimlikning barçasi atigi ikki soat içida içilgan. 

Ekspertlar ölimga "taxminan aritmiyani keltirib çiqargan, kofein iste'moli natijasida yuzaga kelgan kardial holat" sabab bölganini ta'kidlaşdi. 

Devis 16 yoşidayoq 90 kilogramm vaznga ega bölsa-da, unda yurak kasalliklari qayd etilmagandi, u semizlikdan aziyat çekuvçilar maxsus röyxatida ham bölmagan, deydi ekspert Garri Uotts.

"Bu kofein dozasining oşib yuborilişi emas, - deydi Uotts Reuters bilan suhbatda. - Gap organizmdagi kofein miqdorida emas, balki ösmirning barça içimliklarni qisqa vaqt içida ketma-ket içganida, energetik içimlik esa yurak aritmiyasini keltirib çiqargan sönggi tomçi bölgan".

Asosiy guvoh energetik içimlik nomini eslay olmadi, faqat uning katta hajmli idişda bölganini ma'lum qildi. 

"Biz kofein iste'molini töliq taqiqlamoqçi emasmiz, lekin odamlar uning iste'molini nazorat qilişlari kerak, xuddi spirtli içimliklar va tamaki miqdorini çeklagan kabi", - deya qöşimça qildi u.

Amerika pediatriya akademiyasi energetik içimlik ingridiyentlari bolalarda sinovdan ötkazilmagani va "heç kim ularning xavfsiz ekaniga kafolat bera olmasligi"dan ogohlantiradi. 

Şifokorlarning sözlariga köra, energetiklar aks ta'sirga ega böladi, ba'zan aritmiya va arterial qon bosimning özgarişiga olib kelişi mumkin.

Aksariyat kofeinli içimliklarning bir porsiyasi 3 finjon qahva, şuningdek 14 çoy qoşiq şakar miqdoriga teng, deya ma'lum qiladi Amerika pediatriya akademiyasi.

Manbaga köra, Devis Krip ikki soat içida taxminan 470 mg kofein iste'mol qilgan.

Saffeineinformer.com sayti ma'lumotlariga köra, "Makdonalds"ning bir lattesi 142 mg kofeinga ega, Mountain Dew yarim litrli gazirovkasida - 90 mg kofein, enegetik içimlikning katta bankasida esa 240 mğgaça kofein mavjud.