25 avgust, duşanba kuni Rossiya Federatsiyasi sudyalarining oliy malaka hay’ati mamlakat Oliy sudi yangi raisi lavozimiga arizalarni qabul qiliş yakunlanganini e’lon qildi. Yagona nomzod Rossiya Federatsiyasi boş prokurori Igor Krasnov böldi, u sudyalik tajribasiga ega emas.
Avvalroq OAV Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikinni ehtimoliy nomzodlardan biri deb atagandi, biroq bu xabarlar tasdiqlanmadi.
Qonunga köra, Oliy sudga körsatilişi uçun nomzodning huquqşunoslik sohasida kamida 10 yillik tajribasi bölişi kerak. Şuningdek, u Sudyalar oliy malaka komissiyasida malaka imtihonini topşirişi kerak. Imtihon 21 avgust kuni bölib ötişi kerak edi, biroq arizalar kelib tuşmagani uçun u ötkazilmadi.
Krasnov imtihon talabini çetlab öta oldi, çunki Rossiya prezidenti Vladimir Putin unga «Rossiya Federatsiyasida xizmat körsatgan huquqşunos» faxriy unvonini berdi. Bu 22 avgust kuni – Oliy sudga arizalar qabul qiliş muddati tugaşiga bir iş kuni qolganida sodir böldi.
Advokat Kaloy Axilgov Telegramʼda sodir bölayotgan voqealar aniq ssenariysiga işora qilmoqda – Krasnov yangi lavozimga ötkaziladi. «Sud tizimida hamma narsa juda aniq va taxmin qilinadigan böladi. Eng muhimi — barqarorlik», — dedi Axilgov.












