Cleveland Clinic va Central Asian University (CAU) Central Asian University Hospital’ni rivojlantiriş böyiça hamkorlik şartnomasiga imzo çekdi. Klinika Toşkentda, universitetning kengaytirilgan tibbiyot majmuasida joylaşadi. Quriliş işlari şu yilning özida boşlanişi möljallangan.

Uşbu hamkorlik doirasida Central Asian University Hospital Cleveland Clinic Connected dasturining vaqtinçalik iştirokçisi maqomini oldi. Klinika rahbariyati tölaqonli a’zolikni qölga kiritiş uçun sifatni baholaşning barça bosqiçlaridan ötiş va talablarni bajariş ustida iş olib boradi.

Cleveland Clinic AQŞ va dunyoning eng nufuzli tibbiyot markazlaridan biri hisoblanadi. Uzoq muddatli strategik kelişuvga köra, Cleveland Clinic CAU’ni quyidagi yönalişlarda qöllab-quvvatlaydi:

· tibbiyot muassasasini loyihalaştiriş va boşqariş;

·   ta’lim dasturlari va rezidenturalarni işlab çiqiş hamda tasdiqlaş;

·   hamşiralik işi maktabi va simulyatsiya markazini taşkil etiş;

·    klinik amaliyotlar, ma’ruzalar va ilmiy almaşinuvlarni yölga qöyiş;

·   şifokorlarni tanlaş, ta’minot zanjirini boşqariş va raqamli özgarişlarni amalga oşiriş;

·    Central Asian University Hospital şifokorlari murakkab klinik holatlar böyiça ta’limiy maslahatlar oliş imkoniyatiga ega böladi;

·    klinika mutaxassislarining unumli faoliyatini ta’minlaş hamda samarali professional jamoani şakllantiriş.

"Biz Özbekistonda tibbiy yordam sifatini oşiriş uçun CAU bilan hamkorlikni boşlaganimizdan benihoya faxrlanamiz, – dedi Cleveland Clinic ijroçi vitse-prezidenti, xalqaro va rivojlanayotgan bozorlar böyiça prezidenti Tommazo Falkone. – Bizning vazifamiz Cleveland Clinic standartlarini butun dunyo böylab bemorlarga yetkazişdir. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz yuqori sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatini kengaytiradi