Berlin şahrida A100 avtobanining bahsli uçastkasi oçildi. Yölning bir metri budjetga 225 ming yevroga tuşdi, deb xabar berdi DW.

Ta’kidlanişiça, bu Germaniyada qurilgan avtomobil yölining eng qimmat qismi. 3,2 km uzunlikdagi trassa Treptov va Noykoln tumanlarini boğladi, olti qatorli magistral qurilişi 12 yil davom etdi. Avtomobil yöli çuqurligi 7 metrgaça bölgan joydan ötadi, uni loyihalaşda körşapalaklar uçun xavf ham hisobga olingan.

Avtoban yangi uçastkasi, masalan, şahar taşqarisidan Berlinga işga boradigan odamlarga yordam berişi, şuningdek, turar-joy kvartallaridagi avtomobillar yuklamasini yengillaştirişi kutilmoqda. Ammo tanqidçilarning ta’kidlaşiça, trassa avtomobillarning qöşimça oqimini keltirib çiqaradi. Bundan taşqari, şaharda köpriklar, mavjud yöllar, şuningdek, temir yöl infratuzilmasini ta’mirlaş uçun mablağ yetişmaydi.

Loyiha muxoliflari, şuningdek, Berlin ma’muriyati transport siyosatidagi taraqqiyotni sekinlaştirayotganini ta’kidlamoqda: Kopenhagen, Vena, Barselona va boşqa megapolislar piyodalar köçalarini oçib, velosiped yölaklarini qurayotgan bir paytda, Germaniya poytaxti 30 km/soat tezlik çegarasidan voz keçmoqda, şuningdek, velosiped ijarasi tizimini subsidiyalaşni töxtatmoqda.